AsosiyDunyo

Interpol: koronavirus vaksinalarini etkazib berish jarayonida jinoyatchilik hajmi oshadi

'Interpol: koronavirus vaksinalarini etkazib berish jarayonida jinoyatchilik hajmi oshadi'ning rasmi

Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok dunyo bo`ylab koronavirus vaksinalari etkazib berilishi jarayonida jinoyat olamida faollik kuzatilishi bo`yicha fikr bildirdi, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati. 

"Vaksina – 2021 yilning suyuq oltini hisoblanadi. Jinoyatchi guruhlar uning taqsimotiga tayyorgarlik ko`rishgan, vaksina bilan bog`lik jinoyatchilik hajmi oshadi.  

Hammasi bu qimmatbaho mahsulotga eng avval ega chiqishga va taqsimotning boshida turishga intiladi.

Vaksinalar ro`yxatga olinmasidanoq jinoyatchi guruhlar qalbaki vaksinalarni tarqatishga tushgandi”, dedi Shtok “Wirtschaftswoche” nashriga bergan intervyusida.  

Uningcha, koronavirus pandemiyasi, umuman olganda, jinoyatchilarga yangicha imkoniyatlarni bergan va o`zida "jinoyatchilik pandemiyasini" mujassam qilgan.

    Boshqa yangiliklar