“Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg`unlashtirish to`g`risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyunda qabul qilingan o`zgartirishlar bilan) O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ-654-son, 21.12.2020 y). Bu haqda Adliya vaziriligi xabar berdi.
Qonunga ko`ra, O`zbekiston ushbu xalqaro Konvensiyaga qo`shimcha shart bilan (Tovarlarni kabotaj tashish bobini mustasno qilgan holda) qo`shiladi.






