«O`zgidromet» 23 dekabr, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida bir oz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq—1 daraja iliq, kunduzi 3—5 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda bir oz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo vaSurxondaryoviloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz qor yog`ishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo`ladi.






