AsosiyJamiyat

Samarqandda ikki bolali nogiron ayolga atalgan uy senatorning sobiq haydovchisiga rasmiylashtirilgan edimi? Prokuratura bayonot berdi

'Samarqandda ikki bolali nogiron ayolga atalgan uy senatorning sobiq haydovchisiga rasmiylashtirilgan edimi? Prokuratura bayonot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki bolali nogiron ayolga atalgan uy senator sobiq haydovchisiga rasmiylashtirildi.” nomli maola e`lon qilingan edi. 

Samarqand viloyat prokuraturasi ushbu maqola yuzasidan rasmiy bayonot berdi.  

Ma`lum ilinishicha, nogiron D.Rizaqulovaning turmush o`rtog`i fuqaro P.Xayriev 15.03.2017 yilda shahar hokimligiga uy-joy ajratish bo`yicha murojaat qilgan.

Samarqand shahrida ko`p kvartirali uylardagi xonadonlarni biriktirish masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha shahar hokimiyatidagi hududiy komissiyaning 23.03.2017 yildagi 1-sonli yig`ilish bayoniga asosan P.Xayriev va uning oila a`zolariga Samarqand shahar Rkdakiy ko`chasi 1-raqamli ko`p qavatli uy-joyning 2-qavat, 1-yo`lagidagi foydalanish maydoni 50,6 kv.metr bo`lgan ikki xonali xonadon boshlang`ich to`lovini to`lash sharti bilan biriktirilgan.

Keyinchalik, P.Xayriev biriktirilgan ushbu uy-joyni sotib olishdan bosh tortib, viloyat “Ipoteka-bank” ATIBda ochilgan hisob-raqamidagi mavjud boshlang`ich to`lov pullarini yozma arizasi asosida qaytarib olgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2017 yildagi 14-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan talabgor P.Xayriev boshlang`ich to`lovni 60 kun mobaynida alohida ochilgan hisob-raqamiga to`lamaganligi bois, komissiya yig`ilish bayoni o`z kuchini yo`qotgan.

Shundan keyin, P.Xayriev mazkur uyni topshirib, D.Rizaqulova va ikki nafar farzandlarini o`z holiga tashlab boshqa viloyatga ketib qolganidan so`ng, D.Rizaqulova ushbu uy-joyni erto`la qismida farzandlari bilan ma`lum vaqt istiqomat qilayotganligi sababli, viloyat va shahar xotin-qizlar qo`mitasi xodimlari tomonidan ushbu holat o`rganilib, ushbu uy-joyga vaqtinchalik yashash uchun kiritib qo`yilgan.

Fuqaro D.Rizaqulova moddiy ahvoli og`irligi sababli boshlang`ich to`lovini to`lashi va ipoteka krediti rasmiylashtirish imkoni bo`lmagan.  

Fuqaro D.Rizaqulovaning turmush o`rtog`i bilan yashamayotganligi, ko`z bo`yicha o`zi va farzandlarining nogironligi borligi, mehnatga layoqatsiz ekanligi kabi holatlar inobatga olinib, Samarqand shahrida yashovchi ijtimoiy himoyalanmagan, kam ta`minlangan va uy-joyga muhtoj bo`lgan fuqarolarni ro`yxatga olish komissiyasi tomonidan navbatga qo`yilishi hamda unga viloyat hokimining 29.04.2020 yildagi 63-Q-sonli qarori bilan Samarqand shahar “Obod maskan” mahallasi hududida joylashgan 71-uy 65-xonadon biriktirib berilishi ta`minlangan.

Fuqaro B.A.ning uy-joyga muhtojligi to`g`risidagi arizasiga asosan Samarqand shahrida ko`p kvartirali uylardagi xonadonlarni biriktirish masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha hududiy komissiyasining 18.03.2020 yildagi yig`ilish bayonnomasiga asosan Samarqand shahar, Rudakiy ko`chasi 1-raqamli ko`p qavatli uy-joyning 2-qavat, 1-yo`lagidagi foydalanish maydoni 50,6 kv.metrdan iborat bo`lgan ikki xonali xonadon biriktirilgan.

Mazkur xonadonni kredit asosida to`lovlarni amalga oshirib borish sharti bilan fuqaro B.A. tomonidan boshlang`ich to`lov summasi to`lanib, kredit hujjatlari rasmiylashtirilgan.

Hozirgi kunda ham fuqaro B.A. tomonidan belgilangan to`lovlar to`lab kelinayotgan bo`lsada, ushbu uy-joyni fuqaro D.Rizaqulova bo`shatib bermayotganligi, unga biriktirilgan Samarqand shahar “Obod maskan” mahallasi hududidagi 71-uy 65-xonadonda doimiy yashashi va foydalanishi mumkinligi to`g`risida bir necha marotaba tushuntirilganligiga qaramasdan ushbu uyga ko`chib o`tmasdan kelmoqda, - deyiladi prokuratura bayonotida.

    Boshqa yangiliklar