AsosiyJamiyat

6 oy avval bedarak yo`qolgan toshkentlik fuqaro Jizzaxdan topildi

'6 oy avval bedarak yo`qolgan toshkentlik fuqaro Jizzaxdan topildi'ning rasmi

Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Jizzax viloyati Do`stlik tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i Baxtiyor Tuymanov hamda tuman IIB navbatchilik qismi katta inspektori Alisher Hasanovning sa`y-harakatlari bilan joriy yilning 15 iyunidan buyon bedarak yo`qolganligi uchun qidiruvda bo`lgan shaxs ushlangan. 
 

Ya`ni, Do`stlik tumani «Manas» qishloq fuqarolar yig`inida bemaqsad yurgan fuqaro tuman ichki ishlar bo`limiga keltirilib, shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko`rilganda ushbu fuqaroning Toshkent shahri Sirg`ali tumani, Sergeli dahasida istiqomat qiluvchi, 2- guruh nogironi S.L. ekanligi ma`lum bo`ldi. 

Ushbu shaxsni yashash manziliga qaytarish choralari ko`rilgan.

 

    Boshqa yangiliklar