Avstraliya ochiq chempionatining o`smirlar o`rtasidagi yarim final bosqichiga o`zbekistonlik 17 yoshli Jo`rabek Karimov ham yo`l oladi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Dunyodagi eng yirik turnirlardan birining frim finalida ishtirok etish imkonini Jo`rabek yaponiyalik Yosuke Vatanukedan yutib oldi.ular o`rtasidagi chorak final bahslari 6:3,6:2 hisobida yakunlandi.
Melburn shahrida bo`lib o`tadigan yarim final o`yinida Jo`rabek mezbon tennischi Aleks De bilan kortga tushadi.
ITF xalqaro reytingida Karimov 13 o`rinni egallagan. O`zbekistonlik tennischi ATR reytingida esa 784 o`rinda turadi.





