Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev 2021 yil yakuniga qadar barcha buzilgan ko`chmas mulklar uchun kompensasiya to`liq to`lab beriladi, deya ta`kidladi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.
«O`zbekiston tarixida bir yilda buncha kompensasiya to`lab berilmagan… Bu yil juda katta miqdorda 700-800 mlrd so`m pul va er ko`rinishida “snos”ga (kompensasiya to`lashga) ketdi. Bizni hisoblarimiz bor, oldimizga qo`ygan maqsad 2021 yilda birorta, 2005 yildan buzilgan binolar uchun hech kim to`lovsiz qolmaydi. Lekin, adolatli, sudni qarori bo`lsa, narxlar tafovuti to`g`ri bo`lgan bo`lsa, birorta qolmaydi. Pul bera olmasak, er ko`rinishida beramiz, er bera olmasak, boshqa yo`l bilan to`lab beramiz. Agar bundan keyin davlat ehtiyojlari uchun (ko`chmas mulk — tahr.) buziladigan bo`lsa, kerakli kompensasiya uchun qo`limizda pulimiz yoki erimiz bo`lgandan keyin egasini roziligi bilan buzishga qaror qilamiz», — dedi hokim.






