AsosiyJamiyat

O`zbekiston ilm-fani og`ir judolikka uchradi

'O`zbekiston ilm-fani og`ir judolikka uchradi'ning rasmi

Atoqli olim, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

M.Asqarov 1931 yil 30 aprelda Toshkent shahrida tug`ildi. 1953 yili Moskva kimyo-texnologiya institutini tamomlab, ushbu institutning aspiranturasida tahsil oldi. 

Mehnat faoliyati davomida ilmiy izlanishlarni izchil davom ettirib, 1957 yilda nomzodlik, 1967 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 2000 yilda O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zosi etib saylandi. 

Iste`dodli olim qariyb 65 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) katta o`qituvchisi, Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi  instituti laboratoriya mudiri, direktori, Kimyo instituti direktori, Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti kafedra mudiri, professori kabi lavozimlarda samarali mehnat qildi. 

Akademik M.Asqarov o`zining butun hayotini mamlakatimizda ilm-fan va ta`lim sohalarini rivojlantirishga bag`ishlagan fidoyi inson edi. 

Zahmatkash olimning ko`plab ilmiy ishlanma va tadqiqotlari bugungi kunda ham respublikamiz kimyo sanoati sohasida keng qo`llanib, iqtisodiyotimiz tarmoqlari rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag`ishlangan 600 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng e`tirof etilgan.

    Boshqa yangiliklar