AsosiyJamiyat

Samarqand shahrining ayrim ko`chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

'Samarqand shahrining ayrim ko`chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Samarqand shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan farmoyshiga muvofiq, shaharda “Yangi yil archasi” o`rnatilishi va bayram tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar doirasida joylarda jamoat tartibini saqlash hamda yo`l harakati havfsizligini ta`minlash maqsadida joriy yilning 22-dekabr kunidan, 5-yanvar kuniga qadar shaharning quyidagi ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

– Qorasuv massivi ko`p qavatli uy-joy binolari oldidagi kesishgan chorrahadan Iftixor ko`chasigacha bo`lgan qismida;

– Amir Temur maydonidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko`chasida va Ko`ksaroy maydonida;

– Beruniy ko`chasining Rudakiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan temiryo`l vokzali binosigacha bo`lgan qismida;

– Sartepo maskani Turkiston ko`chasining TATU Samarqand filliali akademik liseyi oldidan o`tgan 200 metr qismida;

– Kimyogarlar qo`rg`oni Umid ko`chasining Ziyokorlar ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Darg`om ko`chasigacha bo`lgan qismida;

– Kimyogarlar qo`rg`oni Darg`om ko`chasining 1-son dam olish markazi oldidan o`tuvchi qismida;

– So`lim shaharchasi Zakovat ko`chasining Almati ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mevali ko`chasigacha bo`lgan qismida;

– So`lim shaharchasi Alisher Navoiy ko`chasining 2-son zamonaviy madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o`tgan qismida;

– Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bog`i oldidan o`tuvchi tutashma 2 ta ko`chada;

 

    Boshqa yangiliklar