AsosiyJamiyat

Asaka zavodi faoliyati vaqtincha to`xtatiladi — UzAutoSanoat

'Asaka zavodi faoliyati vaqtincha to`xtatiladi — UzAutoSanoat'ning rasmi

2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini to`xtatish rejalashtirilgan. Bu haqda UzAuto Motors'ning Axborot xizmati xabar bermoqda.

Sababi, GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borildi, natijada UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo`lga kiritdi. Kelgusi yaqin yillarda DjiEm tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olindi.Shuni ta`kidlash kerakki, sifat standartlariga bo`lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta`sir qiladi. Ishlab chiqarishda barcha zarur modernizasiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to`xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda, respublikamizning barcha hududlaridagi Shevrolet dilerlik tarmog`i yangi standartlarga o`tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog`ini Chevrolet brendiga o`tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. Bu o`zgarishlar dilerlik markazlarini yangi Chevrolet brendbukiga muvofiq qayta jihozlashni o`z ichiga olib, amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish uchun zarur sharoit bo`lib xizmat qiladi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi. O`z navbatida, UzAuto Motors yangi xalqaro GM standartlari asosida ishlashga, shuningdek, mijozlar e`tiborini jalb qilish tamoyillariga muvofiq ishlashga tayyor dilerlarni hamkorlikka taklif qiladi.

    Boshqa yangiliklar