AsosiyJamiyat

«Axborot-kutubxona a`lochisi» ko`krak nishoni ta`sis etildi

'«Axborot-kutubxona a`lochisi» ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

Hukumatning 22 dekabrdagi tegishli qarori bilan “Axborot-kutubxona a`lochisi” ko`krak nishoni ta`sis etildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Mazkur ko`krak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko`rsatishning yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo`shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ`ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo`nalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to`rt baravari miqdorida (bugungi kunda 892 ming so`m) biryo`la to`lanadigan pul mukofotini oladi.

    Boshqa yangiliklar