Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 2 million 572 ming 289 nafar yo`lovchi foydalandi. Jami 42 ming tonnaga yaqin yuk tashildi, deb xabar beradi Jahon AA.
O`tgan yili “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi havo laynerlarida 23 ming 269 qatnov amalga oshirildi.
Hozir Xalqaro intermodal logistika markazi (XILM) faoliyat yuritayotgan “Navoiy” aeroportidan Dehli, Mumbay, Dubay, Frankfurt, Shanxay, Seul, Milan, Vena, Xanoy va Saragosa kabi shaharlarga yuk qatnovlari amalga oshirilayapti. O`tgan yilgi qatnovlar soni 692 ta bo`lib, ularda 35 989,2 tonna yuk tashildi. Bu esa 2014 yildagiga nisbatan 16 foizga ko`p.





