AsosiyJamiyat

“Ucell” kompaniyasi noqonuiy tarzda abonentlar hisobidan 97 mln so`mdan ziyod mablag` echib olgan

'“Ucell” kompaniyasi noqonuiy tarzda abonentlar hisobidan 97 mln so`mdan ziyod mablag`  echib olgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi birgina iste`molchining huquqini himoya qilish orqali (zarar 420 so`mni tashkil qilgan) “Ucell” kompaniyasi tomonidan 337 975 ta abonentning huquqlari buzilib, ularga jami 97 432 379,33 so`m zarar etkazilganligini aniqladi. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining axborot xizmati xabar berdi.
1 oktyabrdan boshlab «Ucell» kompaniyasining abonent hisoblaridan 420 so`mni olib qo`yishi to`g`risida kelgan SMS-xabari iste`molchini taajjubga soldi.Ha, bu miqdor ahamiyatli emas, ammo iste`molchi aniqlik kiritishga qaror qildi – nega? Ta`kidlash muhimki, iste`molchi Ucell abonent «Al-Chiroq» aksiyasi ishtirokchisi, bu tarmoqda atigi 84 so`mga daqiqalarni, SMS-to`plamlarni yoki internetning megabaytlari taqdim etiladi. Bu xizmat necha kundan buyon mavjud emasligiga qaramay, pul abonent hisobidan chiqarildi. O`z navbatida iste`molchi https://pm.gov.uz/ veb-saytida murojaat qoldirishga qaror qildi, uning tafsilotlari Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o`rganildi.
Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur murojaatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida “COSCOM” MChJga xat yubordi, natijada quyidagilar ma`lum bo`ldi:
1. “Al-chiroq” aksiyasining shartlariga ko`ra, «Ucell» kompaniyasining ro`yxatgan o`tgan abonentlari Kontent-provayderlar tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan “First IT-Group” MChJ mobil dasturda kuniga 1 so`mdan kunlik abonent to`lovi evaziga bitta xizmatni olish imkoniyati mavjud va 2020 yil 25 avgustdan boshlab aksiya uchun kunlik abonent to`lovi esa kuniga 84 so`mni tashkil etadi.
2. 2020 yil 30 sentyabrda ish jarayonida uskunalarda nosozlik kelib chiqqan bo`lib, 2020 yilning 5 oktyabrda Kontent-provayder tomonidan nosozlik bartaraf etildi. Mazkur nosozlik tufayli kompaniya abonentlari 2020 yilning 30 sentyabridan 4 oktyabrigacha aksiya shartlarida ko`zda tutilgan xizmatlardan foydalana olmadilar.
Ushbu masalani o`rganish davomida ma`lum bo`lishicha, murojaat qilgan iste`molchi, hisobidan noqonuniy mablag` echilgan yagona iste`molchi emas.
Aksiyada 2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha bo`lgan davrda 337 975 ta abonent qatnashgan, ulardan jami 97 432 379,33 so`m miqdorida abonent to`lovi echib olingan.
“Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko`ra, sotuvchi iste`molchini haq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko`rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan muammoni hal qilish jarayonida tizimdagi (2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha) uskunalar ishlamay qolganligi sababli aksiya doirasida ishtirok eta olmagan 337 975 ta abonentining foydalanilmagan xizmat kunlari uchun mablag`lari kompaniya tomonidan to`liq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 so`mni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar