AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" mahalliy reyslar uchun Yangi yil chegirmasini e`lon qildi

'"Uzbekistan Airways" mahalliy reyslar uchun Yangi yil chegirmasini e`lon qildi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" Matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 1-3 yanvar kunlari O`zbekiston aholisi uchun Yangi yil bayramini nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga chegirmalar joriy etildi.  

Chegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:

•  individual yo`lovchilar uchun - 30%;

•  turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o`quvchilari, kollej o`quvchilari, liseylar, oliy o`quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O`zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o`quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

•  oila (2 va undan ortiq kishi, ya`ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo`lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo`lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo`lgan onalar) uchun - 50%;

•  nafaqaxo`rlar uchun - 50%;

•  nogironlar uchun  - 50%;

•  1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun  - 50%;

•  1941-1945 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun  - 50%;

•  Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun  - 50%.

    Boshqa yangiliklar