AsosiyJamiyat

Ertadan xorijdan O`zbekistonga kelayotgan fuqarolar ekspress test topshiradi

'Ertadan xorijdan O`zbekistonga kelayotgan fuqarolar ekspress test topshiradi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, 2020 yil 25 dekabrdan O`zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibi joriy etiladi.

Ekspress test aeroportlarda, temir yo`l vokzallarida va chegara punktlarida O`zbekistonga keluvchilarning o`z hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartibga ko`ra, COVID-19ga topshirilgan PSR testining manfiy natijasi to`g`risida ma`lumotnomaga ega shaxslardan ham ekspress test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar