AsosiyJamiyat

Yunusobod metrosi qurilishida halok bo`lganlarga oid jinoyat ishi mart oyida tugatilgani ma`lum bo`ldi

'Yunusobod metrosi qurilishida halok bo`lganlarga oid jinoyat ishi mart oyida tugatilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2019 yilning dekabr oyida Yunusobod metro liniyasi qurilishida tuproq o`pirilishi natijasida 6 kishi halok bo`lgan edi. Toshkent prokuraturasining «Gazeta.uz» so`roviga javobida ilk bor favqulodda holat yuz berishida sababchi bo`lgan to`rt nafar mutaxassisning nomini ochiqladi. Idora nima sababdan ularga nisbatan ayblilik to`g`risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi tugatilganiga izoh berdi.

2019 yilning dekabrida Toshkentda Yunusobod metro liniyasi qurilishi uchastkasida sodir bo`lgan favqulodda hodisa yuzasidan jinoyat ishi aybdorlik masalasi hal etilmasdan bekor qilingan. Bu haqda «Gazeta.uz»ning 17 dekabrdagi murojaatiga ko`ra, Toshkent shahar prokurorining birinchi o`rinbosari Ikrom Narimov ma`lum qildi. Idoraning javob xati 21 dekabrda ro`yxatdan o`tkazilgan, tahririyat esa 24 dekabrda qabul qilib oldi.

Eslatib o`tamiz, bir yil muqaddam — 2019 yilning 18 dekabr kuni — Toshkentdagi metro qurilishi uchastkasida er o`pirilishi ro`y berib, tuproq qulashi oqibatida 6 kishi halok bo`lgan edi.

Maxsus tekshiruv komissiyasi hodisa sabablarini o`rganib, handaq qiyalik devorini mustaxkamlash ishlari jarayonida yo`l qo`yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog`ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo`lganini ma`lum qilgan edi.

Maxsus tekshiruv komissiyasi hodisa sabablarini o`rganib, handaq qiyalik devorini mustaxkamlash ishlari jarayonida yo`l qo`yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog`ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo`lganini ma`lum qilgan edi.

O`shanda komissiya to`rt oilaning har biriga 261,9 mln so`mdan va yana bir oila uchun — 281,6 mln so`m miqdorida bir martalik nafaqa belgilagan edi.

Bundan tashqari, marhumlarga qaram bo`lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oylik to`lovlarni amalga oshirish uchun pul miqdori hisoblab chiqilgan va ish beruvchilarga taqdim etilgan.

Jinoyat ishi ayblilik masalasini hal qilmasdan tugatildi. Bu haqda Toshkent shahar prokurori birinchi o`rinbosari Ikrom Narimov javobiga asoslanib Gazeta.uz yozmoqda. 

Ma`lum qilishicha, dastlabki tergov davomida ish bo`yicha yig`ilgan materiallar hamda qurilish va davlat nazoratini amalga oshirish bo`yicha tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda qurilish-texnik sud ekspertizasi o`tkazilgan.

Ekspertizasi xulosasiga ko`ra, Yunusobod metrosi bekatining tunneli o`ng tomonining temir-beton konstruksiyasi qulab tushganiga tunnelni ochiq usulda kovlashda texnik xavfsizlik qoidalarining buzilganligi va qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi sabab bo`lgan. Bu mas`ul shaxslarning jarayonni etarlicha nazorat qilmaganligi natijasida sodir bo`lgan. Mas`ul shaxslar:

  • «Ko`prik qurilish invest» UK 67 raqamli qurilish otryadi boshlig`ining o`rinbosari Otabek Alimov;
  • otryad ish yurituvchisi Saidbek Bobojonov;
  • otryadning qurilish bo`yicha ustasi Saloxiddin Ashurov;
  • «Toshkent metropoliteni» UKning «Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi"ish yuritish bo`limining qurilish-montaj ishlari bo`yicha bosh inspektori Baxodir Muxamadrahimov.

Shahar prokurori birinchi o`rinbosarining xatida Yunusobod metro liniyasining qurilishida ro`y bergan fojea yuzasidan JKning 257-moddasi 2- qismi «a» bandi (Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas`ul bo`lgan shaxs tomonidan buzilishi odam o`lishiga sabab bo`lsa), 258-modda 2-qismi «a» bandi (Tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish odam o`lishiga sabab bo`lsa) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu jinoyatlar «katta jamoat xavfsizligini keltirib chiqarmaydigan» turiga kiradi.

«Aniqlangan qoidabuzarliklar ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilganligini inobatga olgan holda yuqorida qayd etilgan shaxslar o`zlariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoiy ishni ayblilik to`g`risidagi masalani hal qilmay turib tugatishni so`rab murojaat qilishgan», deyiladi xatda.

Bundan tashqari, Mehnat vazirligining maxsus tuzilgan komissiyasi xulosasiga ko`ra, ish beruvchi halokatda vafot etganlarning oila a`zolariga etqazilgan zararni qoplagan. Ta`kidlanishicha, oilalar tomonidan e`tirozlar mavjud emas.

«„O`zbekiston temir yo`llari“ AJ boshqaruvining yuqoridagi xodimlarga bergan ijobiy tavsifnomasini inobatga olgan holda 2020 yil 18 mart kuni O`zbekiston jinoyat kodeksining 84-moddasi 5-qism 2-bandiga asosan (ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilgan, chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo`lsa) jinoyat ishi tugatildi», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar