AsosiyJamiyat

O`zbekiston madaniy meros kongressi Euronews nigohida

'O`zbekiston madaniy meros kongressi Euronews nigohida'ning rasmi

Kuni kecha Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha 40ta mamlakatdan tashrif buyurgan 300ga yaqin olimlar kongressi xalqaro OAVlar e`tiboriga tushdi.

Avvaliga Turkiya, Rossiya kabi davlatlar ushbu ilmiy tadbirdan maxsus reportaj taqdim etishgan bo`lsa, keyinroq Euronews saytida unga bag`ishlangan katta maqola e`lon qilindi. “O`zbekiston o`zining ma`rifatli o`tmishiga mos kelajakka yo`l ochmoqda” sarlavhasi bilan e`lon qilingan maqolada O`zbekistonning madaniy merosi xilma-xilligi va muhim ahamiyati qayd etilib, dunyo sivilizasiyasiga qo`shgan hissasiga yuqori baho berilgan. Shuningdek, madaniy meros taraqqiyot uchun poydevor bo`la olishi aytilib, madaniy meros to`plamlarining maktablarga bepul tarqatilayotganiga urg`u berilgan.

    Boshqa yangiliklar