Avval xabar berganimizdek, Xalqaro press-klubning "Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba" mavzusiga bag`ishlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi qo`llanilayotgan dorilar xususida gapirdi.
«JSST va uning Evropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag` ajratib bergan. Biz IVL, PSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak. Ming afsus, o`sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo`q edi. Shundan kelib chiqib, qaysi dori birinchi paydo bo`lgan bo`lsa, AQSh prezidenti birinchi bo`lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi.
Dunyoda samara beradigan dori ilmiy asosi yo`q edi. Orqasidan favipiravir, nafaqat sotib olib, nafaqat zaxira yaratildi, balki O`zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Og`ir reanimasiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik», dedi Shodmonov.






