AsosiyDunyo

COVID-19'ga qarshi vaksina ixtirochilari Forbes milliarderlari ro`yxatiga kiritildi

'COVID-19'ga qarshi vaksina ixtirochilari Forbes milliarderlari ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

Amerikaning Forbes jurnali BioNTech va Moderna farmasevtika kompaniyalari rahbarlarini koronavirus pandemiyasi sharoitida sog`liqni saqlash sohasida boylik orttirgan 50 ta yangi milliarderlar ro`yxatiga kiritdi.

Forbesning yozishicha, koronavirus pandemiyasi bir qator farmasevtika kompaniyalari va investorlarning moliyaviy holatiga ijobiy  ta`sir ko`rsatgan. Birinchi nvbatda, vaksina yaratish va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish bilan shug`ullanadigan korxonalar haqida so`z boradi.

Forbes  2020 yilda sog`liqni saqlash tizimida 50 nafar yangi milliarderni aniqladi. Ular orasida koronavirusga qarshi nisbatan muvaffaqiyatli vaksinalar ishlab chiqargan  olimlarning ham borligi diqqatga sazovor. Ushb vaksinalardan biri Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari hamkorligida yaratilgan bo`lsa, ikkinchisi AQShning Massachusets shtatidagi Moderna kompaniyasiga tegishli.

Nashrning ma`lumot berishicha, BioNTech kompaniyasi hammuassisi, turk millatiga mansub Germaniya fuqarosi Ug`ur Shohinning sarmoyasi 4,2 mlrd dollar atrofida baholanmoqda. 2011 yilda  Fransiyaning Moderna kompaniyasi boshqaruvini o`z qo`liga olgan  Stefan Banselning boyligi  $4,1 mlrd. atrofida ekani aytilmoqda. 2010 yilda Moderna kompaniyasiga  $5 mln. va  $1,5 mln. atrofida sarmoya kiritgan Timoti Springer va Roberta Langerning bugungi boyligi  tegishincha  $2 mlrd. va  $1,5 mlrd.ga teng ekani taxmin qilingan. Yangi milliarderlar qatoriga Xitoy, Hindiston, Kanada, Shveysariya, Gongkong, Daniya singari mamlakatlarning qator kompaniyalari va investorlari kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar