AsosiyJamiyat

Buxorolik qiz "xushtor"ini orasidagi "sir"larni oilasiga aytib berish bilan qo`rqitib, 71 million so`m pulini tortib oldi. Yana 3 yarim million so`m talab qilganida esa...

'Buxorolik qiz "xushtor"ini orasidagi "sir"larni oilasiga aytib berish bilan qo`rqitib, 71 million so`m pulini tortib oldi. Yana 3 yarim million so`m talab qilganida esa...'ning rasmi

G`ijduvon tumanida jabrlanuvchining 70 million so`mdan ortiq pullarini qo`lga kiritgan ustomon tovlamachi qiz qo`lga olindi, deya xabar qildi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, G`ijduvon tumani Qoraxoni qishlog`ida yashovchi 42 yoshli fuqaro, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan. U o`z murojaatida Buxoro shaharlik qiz ikkalasi o`rtasidagi sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni ommaga, ayniqsa uning oila a`zolariga oshkor qilish bilan qo`rqitib, bir qancha vaqtdan buyon pul va boshqa moddiy qimmatliklar talab qilib olib kelayotganligi, hozirgi kunda ham 3,5 million so`m pullarni berishni talab qilib turganligi va unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Aniqlanishicha, 2019 yilning may oyi oxirlaridan 2020 yil dekabr oyi o`rtalariga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, Buxoro shahar Alpomish ko`chasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan G.S. o`ziga oldindan tanish bo`lgan, G`ijduvon tumani Qoraxoni qishlog`ida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan A.R. ismli murojaat muallifining sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarini omma va ayniqsa uning oila a`zolariga oshkor qilish bilan qo`rqitib, mol-mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo`yib, bo`lib-bo`lib jami 71.000.000 (etmish bir million) so`m pullarini qo`lga kiritgan. G.S. yana pul talab qilib, 2020 yil 16 dekabr kuni tumanning Pamo`za mahallasi Yu.Hamadoniy ko`chasida joylashgan “BEK” restorani yaqinida jabrlanuvchidan talab qilingan 3.500.000 so`m pullardan kimyoviy ishlov berilgan 3.000.000 (uch million) so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalilar bilan qo`lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan G.S. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar