AsosiyJamiyat

Bugun Prezident O`zbekiston yoshlari bilan uchrashadi

'Bugun Prezident O`zbekiston yoshlari bilan uchrashadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun O`zbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi, deya xabar qildi Prezident Matbuot xizmati. 

Mamlakatimiz tarixida ilk marta o`tkazilayotgan ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 noyabr kuni ilgari surilgan edi.

18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng ko`lam kasb etib, yurtimizning barcha shahar va tumanlarida bo`lib o`tdi. Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, etakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Bugungi tadbir O`zbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni bo`ladi.

Prezident forumda nutq so`zlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning o`zida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

Mazkur uchrashuvda "Darakchi" muxbirlari ham ishtrok etishadi. Tadbir bilan bog`liq yangiliklarni batafsil berib boramiz. 

    Boshqa yangiliklar