Fuqarolik ishlari bo`yicha Urganch tumanlararo sudining 06.11.2020 yildagi qarzdor J.Jga nisbatan D.A foydasiga 20.03.2017 yilda tug`ilgan farzandlarini olib berish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 30.11.2020 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan edi, deya "darakchi.uz"ga xabar qildi MIB Axborot xizmati.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga voyaga etmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to`g`risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandlarini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko`ra davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida egizaklar onasi tarbiyasiga olib berilishi ta`minlandi, deyilgan xabarda.






