AsosiyJamiyat

Maktablarda to`garaklar faoliyati to`liq tiklanadi

'Maktablarda to`garaklar faoliyati to`liq tiklanadi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirining "Umumta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni va o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to`g`risida"gi buyrug`iga asosan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida madaniy-ma`rifiy yo`nalishdagi tadbirlar  hamda turli to`garak, seksiya va klub faoliyatini  yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O`quvchilarning ta`lim olishiga qo`shimcha sharoit yaratish, ularning darsdan bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to`garaklari, shuningdek 5 ta muhim tashabbus to`garaklari ham to`liq faoliyat ko`rsatadi.  

Bundan tashqari, o`quvchilarni o`qishga bo`lgan motivasiyasini oshirish maqsadida “Yil o`quvchisi”, “Sinf lideri”, “Tadbirkor o`quvchi” aksiya va musobaqalari tashkil etiladi.

Shuningdek mazkur buyruqqa asosan 21 dekabrdan e`tiboran Respublika ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablari, Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi barcha turdagi maktab-internatlarining faoliyatiga Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarori bilan hamma o`quvchilari uchun an`anaviy tarzda ta`lim olishi hamda barcha turdagi maktab-internatlar yotoqxonasi faoliyati  sanitariya epidemiologik talablar asosida tashkil etiladi. Shu o`rinda ota-onalar ixtiyorida ushbu maktablarda farzandlarini an`anaviy yoki masofaviy ta`lim shaklini tanlash imkoniyati qoldiriladi.

    Boshqa yangiliklar