AsosiyJamiyat

Ochiq ma`lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqiladi

'Ochiq ma`lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasida ochiq ma`lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori  qabul qilindi. Bu haqda Adliya azirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda. 

Qaror bilan 2021-2025 yillarda O`zbekistonda ochiq ma`lumotlar sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.  

 Unga ko`ra, O`zbekistonda ochiq ma`lumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy strategik yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

➖ ochiq ma`lumotlarning normativ-huquqiy bazalarini takomillashtirish;

➖ ma`lumotlarning ochiqligini metodik qo`llab-quvvatlashni ta`minlash;

➖ ma`lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo`llab-quvvatlash;

➖ ma`lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo`llab-quvvatlash.

 2021 yildan ochiq ma`lumotlar bo`yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internetda ochiq ma`lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini yaratish maqsadida muntazam ravishda “Open Data Day” va “Open Data Week” o`tkaziladi.

 Shuningdek, 2021 yil 1 avgustgacha Ochiq ma`lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqilib, ishga tushiriladi. 

    Boshqa yangiliklar