AsosiyJamiyat

"Sardoba ishi" bo`yicha yopiq sud jarayoni boshlandi

'"Sardoba ishi" bo`yicha yopiq sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov (“O`zbekiston temir yo`llari” AJ “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig`i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog`liq bo`lganligi sababli Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko`rilayapti.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda.  

Ishni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha alohida bayonot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar