AsosiyJamiyat

Yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi

'Yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O`RQ–658-son, 25.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. 

Unga ko`ra: Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro`sizlantirilishiga olib keladigan yolg`on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog`ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so`m) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 Agar tarqatilgan yolg`on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so`m) jarimaga tortilishi mumkin.

 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, yolg`on axborot tarqatganlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo`l qo`ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so`m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar