Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari birga poezdda yurib, yo`lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoev 26 dekabr kuni ushbu transport ob`ektini borib ko`rdi. Shu erda davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan dildan muloqot bo`ldi.
- Bu yil iqtisodiyot uchun, odamlarimiz uchun qiyinchiliklar ko`p bo`ldi, hozir ham davom etyapti. Lekin shu murakkab holatlarni iloji boricha yumshatish bo`yicha har kuni bamaslahat ishlayapmiz. Iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor topish, odamlarga daromad manbai yaratish yo`larini izlayapmiz. Hamma masalalar mahallabay hal qilinadi. Nimaga? Yaxshimiz ham, yomonimiz ham mahallada, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Bozorlarda narx-navo barqarorligini ta`minlash, energiya quvvatlarini ko`paytirish bo`yicha ko`rilayotgan choralar aytib o`tildi.
- Ommaviy axborot vositalariga rahmat. Ular davlatimizga dushman emas, do`st. Ular baland ovozda adolatni, haqiqatni aytib turmasa, rahbarlarning darrov oyog`i erdan uzilib qoladi. Xalqimiz, uyingga eski to`ningni ilib qo`yib, kimligingni unutma, deganidek, hamma rahbarlar shu elning farzandi, vakili ekanini doim yodda tutishi kerak. Yurtimizdagi tinchlikning qadriga etib, xalqimizga munosib sharoit yaratishimiz zarur, - dedi Prezident.














