2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.
Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag`larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag`larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Qonun bilan 2021 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va konsolidasiyalashgan Davlat byudjeti prognozlari hamda 2022–2023 yillar uchun byudjet mo`ljallari belgilandi.
2021 yil uchun quyidagi ayrim to`lovlar stavkalari tasdiqlandi:
➖ mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to`lovining eng kam stavkalari;
➖ tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig`imlarning cheklangan stavkalari;
➖ avtotransport yig`imlarining stavkalari.
Ushbu Qonun 2021 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kiradi.
Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.






