AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 488 nafar ko`ngilli emlandi, xohlovchilarning murojaat qilishi so`ralmoqda

'O`zbekistonda 488 nafar ko`ngilli emlandi, xohlovchilarning murojaat qilishi so`ralmoqda'ning rasmi

Yangi koronavirus rekombinant vaksinasi (CHO hujayraci) ning 18 yoshdan yuqori bo`lgan insonlardagi xavfsizligi va COVID-19 dan himoya qilish samaradorligini aniqlash uchun o`tkazilayotgan tasodifiy, ikki-tomonlama noma`lum, plasebo nazoratli III faza klinik sinovi davom etmoqda, deya "darakchi.uz"ga xabar berdi Innovasion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati.

Joriy yilning 26 dekabr holatiga Vazirlik huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra,  O`zbekistonda 488 nafar ko`ngilli emlandi. Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan mazkur ZF2001 rekombinant vaksinasining sinovlari ikki-tomonlama noma`lum, platsebo nazorat usulda olib borilmoqda.

Ushbu tadqiqot butun dunyo bo`yicha bir necha markazlarda, 18 yoshdan oshgan jami 29 000 ko`ngilli ishtirokchilarni qamrab oladi. Xitoydagi ko`ngillilarda vaksinaning xavfsizligi va immunogenligi tekshiriladi. Xitoydan tashqaridagi davlatlarda esa vaksinaning xavfsizligi, himoyaviy samaradorligi va immunogenligi o`rganiladi.

Bugungi kunga kelib, ushbu vaksinaning I va II faza klinik tadqiqotlari o`tkazilgan bo`lib, ushbu vaksina kandidatining xavfsiz ekanligini ko`rsatdi. Shu sababdan ham vaksinaning xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida, hamda vaksinaning ishlab chiqarilishiga ruxsat etilishi va tez orada keng miqyosda qo`llanilishini ta`minlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Vaksina sinovlaridan ishtirok etishni istaganlaradan quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishni so`raladi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchjzL-QOnSJ9L7lPkbfTkCCKncOd98S0MeoZ-1N_dmMruEkQ/viewform

    Boshqa yangiliklar