AsosiyJamiyat

Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan fuqaroga jarima keldi. IIB xodimi adashibdi

'Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan fuqaroga jarima keldi. IIB xodimi adashibdi'ning rasmi

Joriy yilning 25 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan fuqaroga jarima keldi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. 

Mazkur holatga IIV YHXBB Axborot xizmati aniqlik kiritdi.

Xabar o`rganilganda, 2019 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyati IIB YHXB YPX xodimi F.Xudoyberdiev tomonidan Samarqand shahar, M.Ulug`bek ko`chasida piyodalarga yo`l bermasdan harakatlangan “SAZ HC40” rusumli avtobus haydovchisi Toxirov Saidisroil Akbar o`g`liga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Viloyat IIB YHXB YPXB ma`muriy amaliyot xodimi O.Mo`minov tomonidan fuqaro Toxirov Saidisroil Akbar o`g`liga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida xodimning e`tiborsizligi sabab Ishtixon tumani, Zarband QFYda yashovchi fuqaro Toirov Sardor Akbar o`g`li ma`lumotlari bilan tizimga xato kiritilgan va jazo qo`llash to`g`risidagi jarima qarori chiqarilgan.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Zarband QFYda yashovchi fuqaro Toirov Sardor Akbar o`g`liga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilinganligini va xatolikka yo`l qo`ygan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligini ma`lum qilib, yo`l qo`yilgan kamchiliklar uchun uzr so`raymiz, deyilgan rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar