So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda karantin choralari qayta kuchaytirilishga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Bu nechog`lik to`g`ri. O`zbekistonda karantin choralari qayta kuchaytiriladimi?
Ushbu savolga Vazirlar Mahkamasi mas`ul xodimi, Respublika maxsus komissiyasi kotibi Mohir Karimov quyidagicha javob berdi:
– Evropadagi hamkasblarimizning bergan ma`lumotlariga ko`ra, koronavirus yangi turining avvalgisidan farqi – tez odamga yuqadi va kasallik tez rivojlanyapti. O`zbekistonda esa koronavirusning yangi turi aniqlangani yo`q.
Karantin cheklovlarini qo`yishning epidemiologik qoidalari bor. Cheklovlar,jumladan, kasallikning o`sishi, mavjud shifoxonalardagi o`rinlarning bandligi, bizdagi mavjud salohiyatning etishish-etishmasligi kabi mezonlarga qarab belgilanadi.
Agarda kasallar soni ko`payib, bunga qarshi olib borilayotgan kurashlarda qiyinchiliklar kelib chiqadigan bo`lsa, Vazirlar Mahkamasidagi maxsus komissiyamiz ko`rib chiqadi. Hozir mamlakatimizdagi barcha ehtiyot choralari, himoya choralarimizdan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, bu koronavirus, necha xil shtammidan qat`iy nazar, ko`payishiga yo`l qo`ymasligimiz o`zimizga bog`liq.
Mavzuga doir:
O`zbekistonga koronavirusning ikkinchi shtammi kirib keldimi? Alisher Shodmonov javob berdi
O`zbekistonda karantin kuchaytiriladimi? Nurmat Otabekov javob berdi






