Olimlarning fikriga ko`ra, Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi koronavirus SARS-CoV-2 avvalgi mutasiyalarga qaraganda yuqumli bo`lib, kelgusi yilda kasallanganlarning va o`lim holatining ko`payishiga olib kelishi mumkin. Ushbu xulosaga London gigiena va tropik tibbiyot maktabining yuqumli kasalliklarini matematik modellashtirish markazi olimlari kelishdi.
Matematik modeldan foydalangan olimlar VOC 202012/01 deb nomlangan koronavirusning yangi variantini boshqa shtammlar bilan taqqoslashdi va u 56% ko`proq yuqtirganligini aniqladilar.
"Virusning yuqtirish qobiliyati kasallanishning sezilarli darajada o`sishiga olib kelishi mumkin, chunki kasalxonaga yotqizilganlar va o`lim soni COVID-19 2021 yilda 2020 yilga nisbatan yuqori darajaga etishi kutilmoqda", - deya ogohlantirmoqda ular.






