AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi o`rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

'Innovasion rivojlanish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi o`rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi o`rtasida Jizzax viloyatida ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo`yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Hujjatga asosan viloyatda ilm-fan, texnologiya, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va innovasiyalar sohalarida hamkorlikni o`rnatish, rivojlantirish va chuqurlashtirishga yo`naltirilgan qo`shma chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Tomonlar ilmiy-amaliy tadqiqotlar o`tkazish, innovasion ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish, aholi va xo`jalik sub`ektlarida innovasion faollikni rivojlantiradi.

Kelishuv doirasida viloyatda ilm-fan va innovasion faollikni oshirish maqsadida Jizzax viloyati hokimligi huzurida respublikada ilk bor ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo`linmasini tashkil etiladi.

Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish bo`yicha qo`shma o`quv va tadqiqot dasturlari loyihalari amalga oshiriladi.

Uchrashuv doirasida viloyat hokimligida Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, O`zMU Jizzax filialining professor-o`qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 40 dan ziyod ilmiy loyihalar ko`rgazmasi tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar