IIV YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 27 dekabr kuni soat 17:00 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani hududidan o`tgan M 37 avtomobil yo`lining 14-kilometrida haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan S.A. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilini "Samarqand-Kattaqo`rg`on" yo`nalishida boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida o`zidan oldinda bo`lgan haydovchi, 1974 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi yo`lovchi tashuvchi avtobusning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida avtobus o`ng tomon pastlikka ag`darilgan.
Natijada avtobusda bo`lgan yo`lovchilardan bir nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






