Bu yildan boshlab, O`zbekiston tarixida ilk bor barcha tuman, shahar va viloyat hokimlari 2020 yil davomida qilgan ishlari va 2021 yil uchun belgilangan rejalari bo`yicha xalq oldida murojaatnoma o`qib eshittirishdi. Biz ham Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida bo`lib, murojaatnomalarning yoritilishida o`z hissamizni qo`shdik. Xususan, hokimlar hisobotlari asosida yozilgan “Namanganda qaysi hokimning “puli ko`p”? 4 ta tuman misolida tahlil qilamiz” sarlavhali maqolamiz turli qiziqish va muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Bugun esa aynan shu yo`nalishda vodiy viloyatlari hokimlari hisobotlaridan kelib chiqib, viloyat hokimlarining reytingini tuzishga qaror qildik.
VILOYaTLAR HOKIMLARI:
Shuhrat Abdurahmonov – Andijon viloyati hokimi;
Xayrulla Bozarov – Farg`ona viloyati hokimi;
Shavkat Abdurazzakov – Namangan viloyati hokimi.
MUROJAATNOMA HAJMI (14 ShRIFT, CALIBRI):
- Andijon viloyati: 61 sahifa, 15 357 ta so`z;
- Namangan viloyati: 29 sahifa, 7 508 ta so`z;
- Farg`ona viloyati: 21 sahifa 5 471 ta so`z.
AHOLI SONI:
- Farg`ona viloyati: 3.8 mln. dan ortiq;
- Andijon viloyati: 3.2 mln.dan ortiq;
- Namangan viloyati: 2,8 mln.dan ortiq.
YIL YaKUNLARI BO`YIChA YaLPI HUDUDIY MAHSULOT HAJMI:
- Namangan viloyati – 25 trln. so`m (reja 103,1 %);
- Andijon viloyati – 37,1 trln. so`m (reja 102,4 %);
- Farg`ona viloyati – 37,4 trln. so`m (reja 102,2 %).
MAHALLIY DAROMADLAR:
- Farg`ona viloyati – 2,5 trln. so`m (reja 112%);
- Namangan viloyati – 1,5 trln. so`m (reja 111%);
- Andijon viloyati – 2,1 trln. so`m (reja 109 %).
MAHALLIY BYuDJETDAGI QO`ShIMChA MABLAG`LAR:
- Andijon viloyati: 330 mlrd. so`m;
- Farg`ona viloyati: 245 mlrd.so`m;
- Namangan viloyati: 153,1 mlrd. so`m.
“TEMIR DAFTAR”DAGI MEHNATGA LAYoQATLI AHOLINING BANDLIGINI TA`MINLASh KO`RSATKIChLARI:
- Namangan viloyati - 34 761 ta ehtiyojmand oilalardagi 47 858 nafar mehnatga layoqatli aholining 47 797 nafari ishga joylashtirilgan – 99 %;
- Andijon viloyati - 58 776 ta ehtiyojmand oilalardagi 59 348 nafar mehnatga layoqatli aholining 58 760 nafari ishga joylashtirilgan – 99 %;
- Farg`ona viloyati - 66 845 ta ehtiyojmand oilalardagi 52 367 nafar mehnatga layoqatli aholining 50 799 nafari ishga joylashtirilgan – 97 %.
TADBIRKORLIKKA AJRATILGAN KREDITLAR MIQDORI:
- Farg`ona viloyati: 7 trln. so`m;
- Andijon viloyati: 6,3 trln.so`m;
- Namangan viloyati: 4,4 trln.so`m.
YaRATILGAN ISh O`RINLARI SONI
- Namangan viloyati: 39 920 ta;
- Andijon viloyati: 38 737 ta;
- Farg`ona viloyati: 20 050 ta.
2021 YILDA YaRATILIShI REJALAShTIRILAYoTGAN YaNGI ISh O`RINLARI SONI
- Farg`ona viloyati – 75,5 mingta yaqin;
- Andijon viloyati – 50 mingdan yangi ziyod;
- Namangan viloyati – 47 mingga yaqin ish o`rinlari yaratiladi.
Yuqorida taqdim etilgan statistik ma`lumotlarni tahlil qiladigan bo`lsak, hududlar aholi soni va imkoniyatlarini hisobga olganda, natijalar u qadar katta farq qilmaydi. Lekin viloyat hokimlarining o`zlari taqdim etgan ma`lumotlar asosida reytingni chiqaradigan bo`lsak:
1-o`rin. Namangan viloyati;
2-o`rin. Farg`ona viloyati;
3-o`rin. Andijon viloyatiga to`g`ri keladi.
Ushbu reyting natijasi hokimlarning murojaatnomalari asosida tuzilgan bo`lib, viloyatlardagi asl holat aynan shunday, deyish fikridan yiroqmiz.
Xulosa o`zingizdan!
Sardorbek Rahmonqulov