So`ngi paytlarda xalq o`rtasida 2021 yilda haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo`ladi, degan noto`g`ri ma`lumot tarqala boshladi.
Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritadi.
Aholiga qulay bo`lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko`rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Ya`ni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib o`tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 % (bugungi kunda 156 100 so`m) miqdoridagi to`lovni amalga oshirish lozim.
Yuqoridagi infografika orqali «prava» almashtirish xizmati qaysi DXMlarda yo`lga qo`yilganligi haqida ma`lumot olishingiz mumkin.






