O`zbekistonlik tennischi Jo`rabek Karimov o`smirlar o`rtasidagi Avstraliya Ochiq chempionatining finaliga chiqdi, deb xabar beradi «Sports.uz».
Musobaqaning yarim finalida 17 yoshli o`zbekistonlik tennischi avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqdi. Deyarli ikki soat davom etgan mazkur bellashuvda O`zbekiston vakili 3:6, 6:4, 6:3 hisobida irodali g`alabani qo`lga kiritdi. O`smirlar o`rtasidagi Avstraliya Ochiq chempionati bosh sovrini uchun Jo`rabek Karimov avstraliyalik Oliver Anderson va koreyalik Yun-Son Chon uchrashuvi g`olibiga qarshi bahs yuritadi.





