XXI asr xavf-xatarlarning turi ko`payadigan, uslublari va hududi o`zgaradigan murakkab bir davrga aylanishi haqidagi fikrlar bugun o`z tasdig`ini topmoqda.
Zero, Prezidentimiz bashorat qilganidek, hozirgi kurashlar yadro poligonlaridan ko`ra, mafkuraviy poligonlarda keskin va xavfli tus olyapti. Ayniqsa, axborot xurujlari bilan odamlar ongini zaxarlash va ma`naviy qadriyatlarini parchalash, o`z g`oyalarini turli yo`llar bilan targ`ib qilish orqali yovuz maqsdlariga erishishga intilish kuchaygan. Shuningdek, terrorchi to`dalar, turli aqidaparast guruhlar, o`z g`arazli niyatlarini din niqobi ostiga berkitgan soxta dindorlar, demokratiya eksportchilari va shu kabi ko`plab xavfli uyushma hamda tashkilotlarning dunyoning qaysidir burchagida amalga oshirayotgan hatti-harakatlarini barchamiz ko`rib, kuzatib turibmiz.
“Qarshi neft bazasi” unitar korxonasida o`tkazilgan “Ogohlik-davr talabi” mavzusidagi muloqotda terrorizm, diniy ekstremizm, ommaviy madaniyat va uning yoshlar ongiga salbiy ta`siri xususida atroflicha ma`lumotlar berildi.
Anjumanda bugun har bir inson tevarak atrofda bo`layotgan xodisalarga befarq bo`lmasligi, bizdan olisda va bizga taalluqli emas, degan kayfiyatga berilmasligi, voqealardan tegishli xulosa chiqarishi, o`z Vatanini asrashga doim shay bo`lishi kerakligi ta`kidlandi.
Tadbir doirasida “So`nggi pushaymon-o`zingga dushman” nomli filmi namoyish etildi va undagi voqeiliklar qizg`in muhokama qilindi va ishtirokchilar savollariga atroflicha javob qaytarildi.





