Namangandagi 26-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Islombek viloyat IIB YHXB boshlig`iga maktub yozdi. Bu haqda “Sevimli” telekanali “Zamon” informasion dasturida xabar berildi.
14 yoshli Islombek o`z xatida kelajakda yo`l harakati xavfsizligi xodimi bo`lishni orzu qilishini yozgan va viloyat IIB YHXB boshlig`idan yangi yilni u bilan birga nishonlashini so`ragan. Islombekning xati javobsiz qolmadi. Namangan viloyatining IIB YHXB boshlig`iga yo`llangan bu maktub bejavob qolmadi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari viloyat IIB YHXBning binosini ekskursiya qilishdi.
Bolajonlarga yangi yil dasturxoni yozildi va turli tuman sovg`alar ulashildi.