"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining ma`lum qilishicha, bugun avtobusdan foydalanuvchilar uchun unutilmas bayram sovg`alari yo`lga chiqmoqda.
Faqatgina 31-dekabr kuni soat 14:00 dan boshlab Toshkent shahridagi 2, 14, 24, 38, 46, 51, 63, 69, 80, 91, 93, 101, 131 sonli avtobus yo`nalishlarida maxsus bezatilgan "Sehrli avtobuslar" harakatlanadi.
Siz ushbu vaqt oralig`ida, mazkur avtobuslardan foydalangan vaqtingiz, ajoyib onlar, ununtilmas bayram shukuhi hamda esdalik sovg`alariga ega bo`lishingiz mumkin.






