Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining 27.01.2011 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor B.Abdulxaevdan undiruvchi G.Abdulxaeva foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun har oy topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ko`rsatilgan.
Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo`limi xodimlari ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borgan ijro harakatlari hamda tushuntirish ishlari natijasida qarzdor B.Abdulxaev 1000 AQSh dollari ko`rinishida aliment pullarini to`ladi hamda ushbu pullar undiruvchiga topshirildi.






