Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining ma`lumotiga ko`ra, so`nggi to`rt yilda mamlakatimizning 1700 dan ortiq davolash muassasalarida 4,8 trillion so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, bemorlar va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlar uchun munosib sharoitlar yaratish, zarur ehtiyojlarni ta`minlash maqsadida:
- 3 076 ta davolash-profilaktika muassasasida isitish tizimi talab darajasiga keltirildi;
- 1 842 ta muassasada ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi;
- 1 044 ta muassasada hamda 14 ta tibbiy ijtimoiy muassasada joriy va mukammal ta`mirlash ishlari olib borildi.
Shu jumladan, 2020 yilgi investisiya dasturi doirasida:
- 284 ta tibbiyot ob`ektlariga 2,2 trillion so`m yo`naltirildi,
- 61 ta ob`ektni qurilish-ta`mirlash ishlari 2021 yilga o`tkazildi.
- 223 ta ob`ektlarda qurilish-ta`mirlash ishlari yakunlandi.
Prezidentning 2020 yil 28 dekabrdagi 4936-sonli qaroriga asosan kelgusi 2021 yilda 131 ta tibbiyot muassasasini qurilish-ta`mirlash ishlariga 1,4 trillion so`m mablag` yo`naltirildi.






