AsosiyJamiyat

Qorboboni xayriya tadbiriga jalb etilgani – “Vaqf” fondining tashabbusi emas!

'Qorboboni xayriya tadbiriga jalb etilgani – “Vaqf” fondining tashabbusi emas!'ning rasmi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizda istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarga ulashilgan xayriya mahsulotlari oldida qorbobo surati tasvirlangan fotolavhalar turli izohlar bilan tarqatilmoqda.

“Vaqf” fondining maʼlum qilishicha, jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan mehr-muruvvat tadbirlari biror-bir sana yoki ijtimoiy bayramlarga aloqasi ham, qorboboni taklif etishda Fondning oʻrni ham yoʻq.

Joylardagi tadbirlarning shakli va mazmuni hududlardagi tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan boʻlib, bunday farosatsizlikka yoʻl qoʻygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab boʻlmaydi. Xususan mana shu holatga sababchi boʻlgan Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hokimligi vakillari uzr soʻrashlari kerak.

“Shunday ekan, tarqatilgan suratlardagi qorbobolarning «Vaqf” xayriya jamoat fondiga hech qanaqa aloqasi yoʻq. Bu holat uchun Fond va uning xodimlarini obroʻsizlantirish, haqorat va adolatsizlikdir. Har qanday toʻgʻri va ishonchli maʼlumotni istalgan vaqtda Fondning oʻzidan olish mumkinligini yana bir bor taʼkidlaymiz.

“Vaqf” fondini obroʻsizlantirish orqali shuhrat orttirishga urinadiganlar ham borligi har qanday moʻmin kishini xavotirga soladi. Aslida, bu ham nafsdagi kasallik boʻlib, shaytoniy qutqu turtki boʻladi. Moʻmin banda bunga hushyor boʻlishi kerak", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar