2020 yilning 26 dekabr kuni Termiz shahridagi maydonlardan birida o`rnatilgan archa kuchli shamol natijasida qulab tushgan va ushbu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Ma`lum bo`lishicha, qulagan archani shahar hokimligi binosida ishlayotgan xodimlaridan biri rasmga olgan va tanishlaridan iborat ijtimoiy tarmoqdagi guruhga tashlagan. Natijada surat tarqalib ketgan.
Kun.uz (Surxondaryo viloyati) xabar berishicha, archani rasmga olgan xodimdan ishdan bo`shash arizasi yozdirilib olingan.
"Holbuki, qulagan archaning boshqalar tomonidan tushirilgan suratlari ham tarqalib ketgan edi", deyiladi xabarda.






