“Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini tashkil etish bilan bog`liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.
Qarorga ko`ra, 2020/2021 o`quv yilidan respublika oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o`tkaziladi.
Oliy ta`lim muassasasi kengashi qarori asosida:
- professor-o`qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o`tashi va malaka oshirishi;
- o`qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o`qishi mumkin.
2021 yil 1 yanvardan:
- OTM huzuridagi texnikumlarda o`quv mashg`ulotlarini olib borayotgan professor-o`ituvchilarning mehnatiga soatbay haq to`lash OTM talabalariga dars o`tganligi uchun mehnatga soatbay haq to`lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
- ta`lim jarayonini tashkil etishda haftalik o`quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
- OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug`i bilan tasdiqlanadi.






