2021 yil 1 yanvardan “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta`minlangan oila a`zosi tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yo`li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so`mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi.
Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko`p bo`lmagan qismi kompensasiya qilinadi.






