AsosiyJAMIYAT

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bulduruq hodisasi sodir bo`lmoqda

Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog`li hududlarida...

'Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bulduruq hodisasi sodir bo`lmoqda'ning rasmi

Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog`li hududlarida o`ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Daraxt va simyog`ochlar oppoq qorga burkangan.

Guyoki, tuni bilan hammayoqda qor yog`ib chiqqanday. Aslida tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi.

Bulduruq qalin tuman sabab ko`rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo`lganida kuzatiladi.  

Namlikka o`ta to`yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog`ochlarga yopishib qoladi. Ya`ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Bulduruqning sovug`i juda kuchli bo`lgani uchun o`zbek xalqida "Bir bulduruq uch qorga tatiydi" degan maqol bor.

    Boshqa yangiliklar