IIV Matbuot kotibi Shoxrux G`iyosov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Unda qayd etilishicha, Yangi yil mavsumida pirotexnika mahsulotlaridan foydalanish natijasida O`zbekistonda 120 dan ortiq odam pirotexnikadan kuyish jarohatini olgan, ularning 80 foizi voyaga etmaganlar. Bundan tashqari 6 ta uyda yong`in sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, mamlakat bo`ylab 12 mln.dan ziyod pirotexnika mahsulotlari musodara qilindi, 258 kishi ma`muriy va 17 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. Yana 1048 ta fakt bo`yicha hujjatlar sud va boshqa organlarga qonuniy choralar ko`rish uchun yuborilgan.
2010 yil 22 sentyabrdagi qonun bilan mamlakatda pirotexnika vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ishlatish, shuningdek noqonuniy olib kirish, eksport qilish yoki sotish uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik joriy etilgan, deyiladi murojaatda.






