Qo`shtepa tumanida 3 yanvar kuni M.X. “Sobalt” rusumli avtomashinasini Kattaboltako`l MFY hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida, yo`l chetidagi beton to`siqqa urilib, Farg`ona kanaliga tushib ketgan. Ushbu avtomashina Farg`ona kanalidan chiqarib olinganida avtomashina haydovchisi M.X. va yo`lovchilar M.I. hamda I.I.lar hodisa joyida vafot etishgani aniqlangan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Qo`shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








