Ayni daqiqalarda AOKAda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo`lib o`tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritildi.
Unda ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Pandemiya sharoitida respublika aholisining to`lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qiyotgan oilalarga engillik yaratish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida joriy o`quv yilidagi amaldagi to`lov-kontrakt miqdorlari o`zgarishsiz saqlab qolinadi.






